Bu kurs boshlang'ich foydalanuvchi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda siz Cinema 4D va After Effects dasturini o'rganasiz. Har bir leksiya 30-1 soatga mo'ljallangan. Kursni tamomlagan o'quvchi Moushen dizayn sohasida o'z ijodini davom ettirishi mumkin. Kurs to'liq o'zbek tilida tayyorlangan bo'lib, unda siz animatsiya, yorug'liklar, teksturalar bilan ishlash va render qilishni o'rganasiz. Kurs 3D Generalist kasbini egallamoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun ham sohaga ilk qadam hisoblanadi. Siz bemalol 3D grafikani to'liq siklida ishlab bemalol buyurtmalarni boshidan ohirigacha tayyorlay oladigan bo'lasiz.
Moushn dizayn qattiq jismlarni harakatga keltiradi va statik tasvirni jonlantiradi. Statik tasvir deganda kompaniya logotipi tushirilgan rasmni tushunish mumkin. U hozirda kinoindustriya, media marketing va televideniyeda ko’p ishlatilib kelmoqda.
Kurs, media sohasida g’oyalarini barcha ko’ruvchi kontent yaratuvchisiga aylanishni istaganlar uchun to’g’ri keladi. Moushn dizayn kompaniyalarning reklama qismida qisqa vaqtda ko’p ma’lumotni bera olganligi uchun katta o’rin egallaydi.
Moushn dizayn yo’nalishida: Cinema 4D va Adobe After Effects dasturlari o’rgatiladi. 3oy davom etadigan kursning 1-oyida kompozitsiya ishlari va dasturlar bilan tanishtirilsa, 2-oyda Cinema 4D dasturi asosiy o’ringa chiqadi. Oxirgi oyda esa qo’shimcha After Effects orqali ovoz, rang va kamera bilan ishlash jarayonlari o’rgatiladi.
O’quvchi kursni tugatgandan so’ng nafaqat oflayn ish balki bemalol mustaqil, kelishuv asosida buyurtma olishi, frilans saytlarida daromad qilishi mumkin. Ushbu soha vakillari boshlang’ich bosqichda korxona ishchisi sifatida o’rtacha 3million so’m oylik maoshi oladi. Qolgani esa tajribaga va harakatga qarab ko’tarilib boradi